O’zLiDeP faollari va deputatlar tashabbusi bilan Zafarobodda kurash musobaqasi tashkil etildi

13.05.2022, 16:37

 O’zLiDeP faollari va deputatlar tashabbusi bilan Zafarobodda kurash musobaqasi tashkil etildi

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi faollari “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida joylarda ko‘plab sport tadbirlari tashkil etib kelmoqdalar. Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga yanada kengroq jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga hissa qo‘shish, alkogolizim va chekishga qarshi qaratilgan bu tadbirlarda ishtirok etayotgan yigit-qizlar soni borgan sari oshib bormoqda.

Zafarobodda tuman Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan kurash bo‘yicha musobaqada viloyatning barcha tumanlaridan 500 nafar polvonlar ishtirok etishdi. Mazkur musoboqani tashkil etishda xalq deputatlari tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari U.Ravshanov, B.Usmonov, Z.Radjapov, N.Radjapov, I.Alimova, F.Urushovlar alohida faollik ko‘rsatganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

Qizg‘in o‘tgan bellashuvlarda mezbonlar terma jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa davomida shuningdek, har bir vazn toifasi bo‘yicha ham g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Ularning barchasi homiylar va tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    328
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+