Jarqo‘rg‘on elektr tarmoqlar korxonasi boshlig‘i deputatlarga hisobot berdi

16.05.2022, 15:22

Jarqo‘rg‘on elektr tarmoqlar korxonasi boshlig‘i deputatlarga hisobot berdi

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman kengashidagi O`zLDeP  deputatlik guruhi tomonidan “Ijtimoiy, tijorat va ma’muriy-maishiy bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda "Taraqqiyot strategiyasi" ning 24-maqsadida ko‘zda tutilgan ustuvor vazifalar bo‘yicha tumanda olib borilayotgan ishlar yuzasidan Elektr tarmoqlar korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari K.Xushmatov hisobot berdi.

Xususan, tumanda qurilayotgan "Yangi O’zbekiston" massivida, qurilib bitkazilgan 5 ta ko‘pqavatli uylarning to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlanganligi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tejamkor lampalardan foydalanishlari va ularning afzalliklari tushuntirilgan xatlar chiqarilganligi, 110 kvA li katta xajmli generatorlardan voz kechib, kichik xajmli va samarador generatorlardan foydalanish qulayligi tushuntirilayotganligi oydinlashdi.

Deputatlarning sohaga oid savollari va joylardagi muammolar yechimini topish yuzasidan K.Xushmatov o‘z fiklari va rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

  • Ko'rildi
    478
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+