Xorazm viloyat iqtisodiy sudiga 1307 ta elektron shaklda da’vo arizalar va murojaatlar kelib tushdi

12.03.2018, 19:29

Xorazm viloyat iqtisodiy sudiga 1307 ta elektron shaklda da’vo arizalar va murojaatlar kelib tushdi

Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi va Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi Qonuniylik, Huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari doimiy komissiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezidentimizning sud organlarida odil sudlovni ta’minlash masalalari yuzasidan sudyalar hamjamiyati bilan o‘tkazgan muloqotida belgilab berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha 2017 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xorazm viloyat iqtisodiy sudi raisi Sh.Qodirov hamda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudining raisi J.Nafasovlarning axboroti eshitildi. 

–Davlatimiz rahbarining 2017 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyat samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2017 yil 1 iyundan Xorazm viloyat xo‘jalik sudi Xorazm viloyat iqtisodiy sudi etib o‘zgartirildi va Bog‘ot, Urganch, Shovot tumanlararo iqtisodiy sudlari tuzildi, – deydi Xorazm viloyat iqtisodiy sudi raisi Sh.Qodirov. – O‘tgan yil davomida iqtisodiy sudlarga 16 071 ta da’vo arizalar kelib tushgan bo‘lib, shundan 14 926 tasi ijobiy hal etildi, da’vogarlar foydasiga javobgarlardan jami 297.4 mlrd. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirishga doir sud hujjatlari qabul qilindi. Shu bilan birga, 1307 ta elektron shaklda da’vo arizalar va murojaatlar kelib tushib, tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashga doir 3 125 ta arizalar ko‘rib chiqildi va hal etildi.

Yig‘ilishda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudining raisi J.Nafasovning ham axboroti tinglanib, ko‘rilgan masalalarni Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibi muhokamasiga kiritish choralari belgilab olindi.

I.ABDULLAYEV,

 Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashidagi  

O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2106
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+