Vobkentlik shijoatli yosh tadbirkor qiz Chinora Yusupovaning ish faoliyati bilan tanishildi

30.05.2022, 16:18

Vobkentlik shijoatli yosh tadbirkor qiz Chinora Yusupovaning ish faoliyati bilan tanishildi

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi hamda Vobkent tuman Kengashi  “Ayollar qanoti” faollari tomonidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida  navbatdagi  mahorat darslari tashkil etildi.

Partiya faollari tumandagi “Nayman” MFY hududidagi “Chinar Mushroom''  MChJ da bo‘lib, partiya tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi a’zosi Chinora Yusupova faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Chinora Yusupova o‘z oldiga qat’iy maqsad qo‘ygan holda tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, MFYgi ishsiz xotin-qizlarning ham bandligini ta’minlab kelmoqda.

Tadbir doirasida Chinora Yusupova mahalladagi uy bekalarini kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash hamda doimiy daromad manbaiga ega qilish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlarida ko‘maklashish va sohaga  keng jalb qilish orqali ularning bandligini ta’minlash maqsadida o‘zining kichik korxonasida tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha  mahorat darsi tashkil etdi.

- 2018 yilda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hunarmandchilik yo‘nalishi  bo‘yicha  2 nafar ayollar bilan o‘z mablag‘im hisobidan faoliyatimni boshlagan edim. 2019 yilda tuman “Xalq bankidan” 30 mln.so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib “Chinar Mushroom'' MChJ faoliyatini yo‘lga qo‘yganman, - deydi Chinora Yusupova. Bugungi kunda faoliyatimizni kengaytirib 5-6 yo‘nalish bo‘yicha ish olib bormoqdaman.

Bugungi kunga kelib MChJ uchun qo‘shimcha tarzda 20 ta yangi zamonaviy tikuv mashinalarining olinganligi natijasida MFY yashovchi bir guruh “Ayollar” daftari ro‘yxatidagi ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. MChJ dagi 15 nafar xotin-qizlar kasanachilik asosida o‘z uylarida tikuv mahsulotlari ishlab chiqarishmoqda.

Yosh tadbirkor qiz Chinora Yusupova shuningdek,  o‘z xonadonidagi   100 kv.m dan iborat yer maydonida 2 xil turdagi qo‘ziqorin yetishtirishni ham yo‘lga qo‘ygan.  Tayyor mahsulotlar hududdagi 20 ga yaqin xonadonlarga o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda.

Tuman hokimligi hamda partiya tuman Kengashi ko‘magida ajratilgan 1 gektar yer maydonida rezavor meva hamda koreya karami va boshqa sabzavot ekinlari parvarishi ham tashkil etilgan. 

Mahorat darsiga qamrab olingan 25 nafar ayollarga Chinora Yusupova hamda partiya “Ayollar qanoti” faollari tomonidan o‘z tadbirkorliklarini rivojlantirish bo‘yicha tegishli maslahat, yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar berildi.

  • Ko'rildi
    523
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+