Jizzaxdagi harbiy qismda Asosiy Qomusimizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan tadbir tashkil etildi

03.06.2022, 10:32

Jizzaxdagi harbiy qismda Asosiy Qomusimizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan tadbir tashkil etildi

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan Jizzax garnizonida tadbir tashkil qilindi.

Partiya faollari, deputatlar hamda Sharof Rashidov tumanidagi “N” harbiy qismi zobit va askarlari ishtirok etgan tadbirda, Taraqqiyot strategiyasining yettinchi yo‘nalishda belgilangan  harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini har tomonlama kuchaytirish hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida muhokama qilingan masalalar yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar umumlashtirilib, chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. Shuningdek, harbiylar tomonidan Asosiy Qomusimizni takomillashtirish yuzasidan bildirilgan takliflar shakllantirildi.

 Xolbek ASATOV,

O`zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    256
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+