Jizzaxlik maktab o‘qituvchilari konstitutsiyamizni takomillashtirish jarayonida faol ishtirok etmoqdalar

06.06.2022, 17:13

Jizzaxlik maktab o‘qituvchilari konstitutsiyamizni takomillashtirish jarayonida faol ishtirok etmoqdalar

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan partiya Jizzax shahar Kengashi bilan  hamkorlikda shahardagi 18-umumta’lim maktabida Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari, pedagoglar hamda yoshlar ishtirok etishdi.

-Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida ilgari surilayotgan, mohiyatan mutlaqo yangi vazifalar, Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida aks etgan ezgu maqsadlar, umidbaxsh intilishlar – shunga mos konstitutsiyaviy-huquqiy makon yaratilishini zarurat qilib qo‘ymoqda, - deydi Sh.Rashidov tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Nigora Asqarova. – Yangi O’zbekiston ostonasi esa maktabdan boshlanadi. Shu sabab, o‘qituvchilar, shuningdek maktab bitiruvchilarining takliflarini eshitish o‘ta muhim.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, 100 ga yaqin o‘qituvchilarning mehnat qilishi va 1250 nafardan oshiq o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan 5 qavatli zamonaviy ushbu ta’lim muassasasi aynan so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik jarayonlarining mevasidir. Qolaversa, joylardagi ziyolilar qatlamining o‘zagini tashkil qiluvchi o‘qituvchi va murabbiylar ta’lim tizimida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning bevosita ishtirokchilaridir.

Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar tomonidan Asosiy Qomusimizni takomillashtirishga oid bir qancha asosli takliflar bildirildi.

Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    415
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+