Konstitutsiyaviy islohotlar: Forishlik tadbirkor ayollar o‘z takliflarini bildirishdi

08.06.2022, 14:18

Konstitutsiyaviy islohotlar: Forishlik tadbirkor ayollar o‘z takliflarini bildirishdi

O’zbekiston  o‘z taraqqiyotining hozirgi davrida xalqimizning buguni va ertasini belgilab beruvchi islohotlar pallasiga kirdi. Shunday davrda xalqimiz uchun yangi hayotiy oriyentirlarni o‘zida aks ettirgan yangilangan konstitutsiyani qabul qilish islohotlarning taqdirini hal qiluvchi muhim masala darajasiga ko‘tarildi.

O’zLiDeP Forish tuman Kengashi tomonidan  tashkillashtirilgan “Konstitutsiyamizni yangilashda - xalq fikri asosiy mezon” deb nomlangan tadbirda aynan shu haqda so‘z yuritildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya “Ayollar qanoti” faollari, tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkor va fermer ayollar ishtirok etgan tadbirda kun tartibidagi masala atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflar umumlashtirildi.

Shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlarga oid jarayonlarni keng jamoatchilikka yetkazish deputatlar va partiya faollariga katta mas’uliyat yuklashi ta’kidlab o‘tildi.

Bozorgul To‘rayeva,

O’zLiDeP Forish tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    237
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+