Chirchiq shahrida “Konstitutsiyaviy islohotlar – mamlakat taraqqiyotining negizi” mavzusida uchrashuvlar o‘tkazildi
13.06.2022, 16:34

Bugun mamlakatimiz rahbari boshchiligida barcha sohalarda bo‘lgani kabi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar barobarida Konstitutsiyani takomillashtirish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi.
Yangi O’zbekiston taqdirini hal qiluvchi ushbu muhim siyosiy jarayonda mamlakatimiz aholisining turli qatlamlarining fikrlari birday o‘rganilmoqda.
O’zLiDeP tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Konstitutsiyaviy islohotlar – mamlakat taraqqiyotining negizi” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati ham ayni maqsadda tashkil etildi.
Chirchiq davlat Pedagogika Institutida o‘tkazilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov, Xalq deputatlari mahalliy Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, oliygoh professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarga davlat bosh Qomusini jamiyatdagi bugungi real voqelikka, shiddatli islohotlar o‘zaniga moslashtirish va uni yanada takomillashtirish bugungi kunning asosiy talabi ekani borasida so‘z bordi.
Professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ularning ekologiya va atrof-muhit masalalariga bag‘ishlangan alohida bob qo‘shish, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarni yanada keng qo‘llab-quvvatlash, chet elda ta’lim olayotgan talabalarga ta’lim kreditlari berilishi borasidagi takliflari olindi.
Shuningdek, Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” saroyida o‘tgan uchrashuvda partiya rahbari Aktam Xaitov, "Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Xotam Sayidaxmedov, O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi raisi To‘lqinjon Obidov, aholi, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, “Maksam-Chirchiq” korxonasi ishchi-xodimlari, partiya xayrixohlari ishtirok etishdi.
Tadbirda qatnashganlar o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Bog‘otlik tadbirkorlar va tomorqachilarning ish faoliyati bilan tanishilib, muammo va takliflari o‘rganildi
05.08.2022, 15:58
-
Xazorasplik tomorqachi Rustam ota tajribasi ommalashtiriladigan bo‘ldi
05.08.2022, 15:56
-
Gurlanda ish boshlagan korxona 1200 nafardan ortiq xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlagan
03.08.2022, 17:36
-
Partiya yetakchisi Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishdi
03.08.2022, 17:05
-
Taxiatoshda tadbirkorlik sub’ektlari soni ortib bormoqda
02.08.2022, 12:04
Fikringizni qoldiring