Urganchdagi xususiy korxonada bo‘lib o‘tgan muloqotda partiyamiz yetakchisi ham ishtirok etdi

16.06.2022, 15:47

Urganchdagi xususiy korxonada bo‘lib o‘tgan muloqotda partiyamiz yetakchisi ham ishtirok etdi

Keyingi yillarda mamlakatimiz hayoti, taqdiriga daxldor muhim masalalarning barchasi xalq bilan bamaslahat, ochiq-oshkora muhokama qilinyapti. Xususan, Konstitutsiya isloh qilinishida ham xalq fikriga tayanilmoqda, bildirilgan har bir taklif, mulohaza inobatga olinmoqda. Albatta, O’zLiDeP bu jarayonda g‘oyat faol ishtirok etyapti.   

Urganch shahridagi “Feruz Xorazm” xususiy korxonasi boshlang‘ich partiya tashkilotida o‘tkazilgan, Konstitutsiyani takomillashtirishga bag‘ishlangan navbatdagi muloqotda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi  Aktam Xaitov ana shu fikrlarni ham aytib o‘tdi.   Asosiy qonunimizni Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi ulkan marralarga, shiddatli islohotlar o‘zaniga moslashtirish bugungi kunning asosiy talabi ekani, xalq  fikrini o‘rganish asosida mamlakat konstitutsiyasini takomillashtirish  yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi sifat darajasiga ko‘tarishi xususida ham to‘xtaldi.

So‘zga chiqqan partiya faollari Asosiy qonun takomillashtirilishi mamlakatimizdagi o‘rta sinfning asosini tashkil qiluvchi siyosiy kuch O’zLiDeP elektorati manfaatlariga ham to‘la mos kelishi haqida so‘z yuritdilar. Tadbirkorlar manfaatini himoya qilishda Bosh qomusimiz asosiy huquqiy manba va poydevor bo‘lishi lozimligi bildirildi. Yurtimizda xususiy biznes qo‘llab-quvvatlanishini yangi darajaga olib chiqishga qaratilgan ko‘plab takliflar ilgari surilayotgani ma’lum qilindi.

 Mazkur tadbirda ham talay takliflar o‘rtaga tashlandi. Xususiy mulk adolatli tovon pulisiz va mulk egasining roziligisiz davlat va jamoat ehtiyoji uchun olinmasligi kafolatlanishi, yer uchastkalariga egalik huquqining avloddan-avlodga o‘tishi an’anasining huquqiy poydevorini yaratish, nopok raqobat va monopoliyaga yo‘l qo‘yilmasligi kabi fikrlar shular jumlasidan. Ularni O’zbekiston Konstitutsiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni umumlashtirish  va Konstitutsiyaviy komissiyaga taqdim etish bo‘yicha O‘zLiDeP  Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasidagi ishchi guruhga topshirishga kelishib olindi.     

Muloqotdan so‘ng partiya yetakchisi korxona ishlab chiqarish faoliyati hamda  korxona ishtirokida – davlat-xususiy sherikchiligi asosida qurilayotgan maktabgacha ta’lim muassasi bilan tanishdi.

  • Ko'rildi
    379
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+