Konstitutsiyaviy qonun loyihasi targ‘ibotiga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi
28.06.2022, 14:51

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘zi saylangan okruglarda bo‘lib, aholi bilan muloqot qilyapti, hududlarda o‘rganishlar olib boryapti. Xalq vakillari hududlardagi faoliyati davomida «O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 100-Beshariq Okrugidan saylangan deputat Shuxrat Shorofutdinov va O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi vakillari bilan birgalikda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasi targ‘ibotiga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda tuman Kengashi deputatlik korpusi, ijroiya hokimiyat vakilllari, mutasaddi tashkilot rahbarlari, Mahallar fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdilar.
Tadbirda mavzu yuzasidan keng muhokamalar olib borildi. Davra suhbati yakunidan takliflar yig‘ib olindi. Ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan savollarga deputat tomonidan atroflicha javoblar berib o‘tildi.
O'xshash yangiliklar
-
Oilaviy tadbirkorlik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda
02.02.2023, 15:20
-
Davlat dasturining bajarilishi: Hisobot hisobot uchun bo‘lmadi
02.02.2023, 11:57
-
Sirdaryo tumanida yaqinda ish boshlagan yangi korxona faoliyati bilan tanishildi
27.01.2023, 19:38
-
O’zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari
27.01.2023, 18:52
-
Investitsiya dasturlari doirasida umumiy qiymati 12,7 mlrd dollarlik 12,6 mingta loyiha ishga tushirildi
27.01.2023, 18:26
Fikringizni qoldiring