O`zLiDePning yosh tadbirkori 10 nafar mahalladoshini ishli qildi

16.07.2022, 16:08

O`zLiDePning yosh tadbirkori 10 nafar mahalladoshini ishli qildi

O`zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi  tomonidan “Yosh muvaffaqiyatli tadbirkor” loyihasi doirasida faoliyatini yangi boshlagan va qisqa  muddatda muvaffaqiyat sari odimlagan yosh tadbirkor Zoyirbek Naqibboyev bilan uchrashuv tashkillandi.

Tumanning Hurriyat mahallasi hududida xususiy tadbirkor sifatida  faoliyat boshlagan Z. Naqibboyev 10 nafar mahalladoshini ish bilan ta’minlashga erishdi. Ta’kidlash o‘rinliki, Zoyirbek Naqibboyev  Yangiqo‘rg‘on yengil sanoat kasb-hunar kollejida o‘qib yurgan kezlari   O`zLiDeP a’zoligiga qabul qilingan va partiya tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” faollaridan hisoblangan. U rejalari bilan o‘rtoqlasharkan, ayni kunlarda ish boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan tikuvchilik korxonasiga   biznes sheriklardan buyurtmalar ko‘pligi, faoliyatini yanada kengaytirish, qo‘shimcha yana 20 nafar yoshlarni ishli qilish rejalari borligini aytib o‘tdi.

Shu bilan birga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ish boshlagan Z. Naqibboyev ayni kunlarda umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari  o‘g‘il-qizlari uchun maktab liboslari tikayotganlarini ham bildirib o‘tdi.

Muloqot davomida partiyaning dasturiy maqsadlari ham targ‘ib  etildi va kelajakda korxona qoshida partiyaning boshlang‘ich tashkilotini ochish rejalari ham muhokama qilindi hamda korxonaga ishga qabul  qilingan xodimlarni partiya a’zoligiga qabul qilish takliflari berildi.

Uchrashuv yakunida korxona rahbari, partiya faoli Z. Naqibboyevga partiyaning esdalik nishonlari topshirildi.

  • Ko'rildi
    256
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+