Partiyamiz elektorati konstitutsiyaviy qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlayapti

16.07.2022, 18:13

Partiyamiz elektorati konstitutsiyaviy qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlayapti

O‘zLiDeP respublikamizdagi turli korxonalar, muassasalar, xo‘jaliklarda "O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirish, fikr va takliflar olishga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishni tizimli davom ettirmoqda.

Navbatdagi muloqot Pop tumanidagi “Jo‘raboy Ergashali Meronshox” fermer xo‘jaligida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov ham ishtirok etdi.

O‘zLiDeP lideri o‘z so‘zida Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos yaratishi, loyihadan o‘rin olgan talay o‘zgartishlar O’zLiDeP elektorati manfaatlariga to‘la mos kelishi, jumladan, qishloq mulkdorlari manfaatini himoya qilish,  xususiy biznes qo‘llab-quvvatlanishini yangi darajaga olib chiqishga qaratilgan bir qancha qoidalar taraqqiyotimizga muhim turtki bo‘lishini ma’lum qildi.

Fermer xo‘jaligi boshlig‘i, partiyamiz faoli Sanjar Ergashev keyingi yillarda mamlakatimiz hayoti, taqdiriga daxldor muhim masalalarning barchasi xalq bilan bamaslahat, ochiq-oshkora muhokama qilinayotgani, Konstitutsiya isloh qilinishida ham xalq fikriga tayanilayotganini minnatdorlik bilan tilga oldi. Shuningdek, u xo‘jalik a’zolari Konstitutsiya takomillashtirilishini to‘la qo‘llab-quvvatlayotganliklari, jadal islohotlar Asosiy qonun yangilanishini taqozo etayotganini yaxshi tushunayotganliklarini bildirdi.

Darhaqiqat, ishchi-xizmatchilar o‘z chiqishlarida, jumladan,  xususiy mulk himoyasi, inson huquqlarini ta’minlanishining konstitutsiyaviy mexanizmlarini kuchaytirish to‘g‘ri yondashuv ekanligini qayd etdilar.

Muloqotda qatnashgan fermerlar, mahallalar faollari, yoshlar va boshqalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 

  • Ko'rildi
    289
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+