Viloyat deputati o‘z okrugida saylovchilar qabulini o‘tkazdi

22.07.2022, 16:17

Viloyat deputati o‘z okrugida saylovchilar qabulini o‘tkazdi

O`zLiDePdan xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputatligiga saylangan Anvar Murodov xalqning ishonchli vakili sifatida aholi muammolarini o‘z vaqtida o‘rganib, ularning yechimini ta’minlashda faollik ko‘rsatmoqda.

Dastlab xalq vakili Nurobod tumanidagi “Ulus” mahalla fuqarolar yig‘ini faollariga “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdi.

Jumladan, Bosh qomusimizning mazmun-mohiyatiga ko‘ra, “inson – jamiyat – davlat”, “Yangi O’zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlash, inson sha’ni va qadr-qimmatini hamma narsadan ustun qo‘yish, sifatli va malakali tibbiy xizmatni tashkil etish, ta’limni rivojlantirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash va haq to‘lash, ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga ustuvor ahamiyat qaratish, xususiy mulkni himoyalash, tadbirkorlik va investitsiya muhitini yaxshilash, korrupsiyaga qarshi kurashish kabi yo‘nalishlari bugungi hayotimizda muhim ahamiyat kasb etayotganligi qayd etildi.

Shuningdek, deputat Anvar Murodov o‘zi saylangan okrugidagi “Ulus” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla tizimida ish boshlagan rais hamda xotin-qizlar faoli faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mahallada kam ta’minlangan oilalar hamda boquvchisini yo‘qotgan nogironlar ro‘yxatini o‘rganib chiqdi.

O’rganish davomida ayni vaqtda bandligi ta’minlamagan yoshlar hamda ko‘makka muhtoj ehtiyojmand oila vakillarining muammaolari bilan atroflicha tanishdi va muammollarni hal etish maqsadida deputat tomonidan shu kunning o‘zida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari berildi va bajarilishi nazoratga olindi.

Jaxongir Xujamkulov,

O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    494
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+