Aholi turmushini yaxshilash va tadbirkorlar faolligini oshirish O’zLiDePning birinchi galdagi vazifasidir

28.07.2022, 16:34

Aholi turmushini yaxshilash va tadbirkorlar faolligini oshirish O’zLiDePning birinchi galdagi vazifasidir

Joriy yilning 26 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida aholi turmushini yaxshilash va tadbirkorlar faolligini oshirishga qaratilgan takliflar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida jumladan, xalq qabulxonalari, ijtimoiy tarmoqlar va so‘rovlar orqali soha va hududlardagi muammolar, odamlarning adolatli takliflari o‘rganib borilayotganligi, ular asosida xalqimizni rozi qiladigan qarorlar qabul qilinayotganligi alohida ta’kidlandi.

Prezidentimiz videoselektor yig‘ilishida xalq qabulxonalari faoliyati bo‘yicha bejiz so‘z yuritganlari yo‘q. Chunki inson qadrini ulug‘lashga aynan ana shu qabulxonalarda jiddiy e’tibor berilishi kerak. Bu borada partiya faollari hamda mahalliy Kengash deputatlarining ham o‘z nuqtai-nazarlari bo‘lishi zarur. Kabulxonalarda aholi, ayniqsa tadbirkor va ishbilarmonlar tomonidan kelib tushgan murojaatlarini  o‘z joyida hal etishni birinchi galdagi vazifalardan biri sifatida belgilab olishlari, deputatlik faoliyatining barcha yo‘nalishlaridan samarali foydalanishlari lozim.

Videoselektorda ta’kidlanganidek, tadbirkorlik bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtirildi, muddatlari qisqartirildi. Yil boshidan buyon 50 mingdan ortiq yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Aholi sotib olgan uylarning 28 foizi ipoteka kreditlari hisobiga moliyalashtirildi. 1 sentyabrdan boshlab xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga ham davlat budjetidan 2 million so‘mlik homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni Buxoro viloyati misolida ham ko‘rish mumkin. Prezidentimiz ma’ruzasida ilgari surilgan maqsad va vazifalar, belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar O’zLiDeP ning viloyatdagi barcha bo‘g‘inlariga zimmasiga katta masuliyat yuklaydi. Ayniqsa partiyamizning asosiy elektorati bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari vakillarining huquq va manfaatlarini partiyaviy vositalar bilan har tomonlama himoya qilish, ularga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash O’zLiDeP dasturida belgilanganidek asosiy vazifalar bo‘lib qoladi.

Bobomurod Ochilov,

O’zLiDeR Buxoro viloyat Kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari,

xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    498
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+