Ishchi guruh faoliyati: Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

29.07.2022, 12:04

Ishchi guruh faoliyati: Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasidagi 54 - Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish yo‘nalishida belgilab berilgan vazifalari ijrosiga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.

Guliston tumani “Soxil” MFY da bo‘lib o‘tgan ushbu davra suhbatida Guliston tumani budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi boshqarmasi ma’sul xodimi, partiyaning tuman Kengashi apparat rahbari D.Muxiddinov, partiya “Ayollarqanoti” faoli M.Bo‘ronova, Xalq va tuman Kengashi deputatlari M.Esirgapov, X.Anorqulov hamda mahalla aholisi ishtirok  etdi.

Tadbirda Guliston tumani budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi boshqarmasi ma’sul xodimi S. Jo‘raqulov tadbir ishtirokchilariga Taraqqiyot strategiyasining 54-maqsadida belgilab berilgan vazifalar ijrosi xususida batafsil ma’lumotlar berdi.

Shundan so‘ng, partiyaning tuman Kengashi apparat rahbari D.Muxiddinov, partiya “Ayollarqanoti” faoli M.Bo‘ronova ham mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

So‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan qonuniy tartibda javoblar berib o‘tildi.

  • Ko'rildi
    497
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+