Deputat faoliyati: aholi muammolari sayyor qabul davomida o‘z yechimini topmoqda

03.08.2022, 16:59

Deputat faoliyati: aholi muammolari sayyor qabul davomida o‘z yechimini topmoqda

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Nodirbek Suvonov tomonidan saylov okrugida vaqti-vaqti bilan o‘tkazib kelinayotgan sayyor qabullar chog‘ida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganib chiqilib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Navbatdagi “Qaravul”, “Mustaqillik” MFYlari aholisi ishtirokida tashkil etilgan sayyor qabulda Xo‘jagaroy, Quyi Arabxona, Mang‘it qishloqlaridagi ichki yo‘llarini asfaltlashtirish, Mang‘it qishlog‘idagi simyog‘ochlarni yangilari bilan almashtirish, aholi tomorqa yerlari va fermer xo‘jaligi dala ekin maydonlarini oqava suv bilan ta’minlash masalalari fuqarolar tomonidan ilgari surildi.

Bu muammolar deputat N.Suvonov tomonidan o‘z joyida o‘rganib chiqilib, tegishli mutasaddi tashkilotlar ko‘magida belgilangan muddatlarda hal etiladigan bo‘ldi.

Shu tariqa Jondor tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga, tuman elektr ta’minoti korxonasi hamda tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga yo‘llanadigan deputatlik so‘rovlari orqali mavjud muammolar tegishli mutasaddilar tomonidan o‘z vaqtida hal etiladigan va bu haqda aholiga ma’lum qilinishi sayyor qabul davomida deputat N.Suvonov tomonidan ta’kidlab o‘tildi.

  • Ko'rildi
    859
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+