Mustaqillik tufayli mulkdor bo‘ldim

12.08.2022, 16:04

Mustaqillik tufayli mulkdor bo‘ldim

Urgut Erkin Iqtisodiy zona qoshidagi partiya boshlang‘ich tashkilotida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi oldidan istiqlol davrida erishayotgan yutuqlarimizni yana bir bor sarhisob qilib, el- yurtimizni yangi marralar sari ruhlantirish maqsadida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz”! g‘oyasi asosida “Mustaqillik tufayli mulkdor bo‘ldim” mavzuida tadbirkorlar bilan amaliy uchrashuvi tashkil etildi.

Mustaqillik sharofati bilan har sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari buning isbotidir. Jumladan, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi 2017 yilning 12 yanvarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida tashkil etilgan. Mazkur iqtisodiy zonaning Urgut tuman “Mergancha” massivi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasinining "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi" 2017 yil 10 apreldagi 196-sonli qarori bilan hududiy chegaralari belgilangan bo‘lib umumiy yer maydoni 1842,8 gektarni tashkil etadi. “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida 109 loyihalar amalga oshirilib, 9500 nafarga yaqin ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda 68 ta loyiha ishga tushirilgan hamda 4500 dan ortiq ish o‘rinlari yaratilgan. Birgina 2022 yilning yanvar-iyul oylari davomida qiymati 2 709,6 mlrd. so‘m. bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Eksport hajmi esa 57,0 mln. dollarni tashkil etadi.

Bugungi kunda mazkur iqtisodiy zonada 100 dan ortiq korxona va ishlab chiqarish sexlari mavjud bo‘lib, tumandagi va qo‘shni tumanlardagi 5000 dan ortiq xotin - qizlar va yoshlarni ish bilan bandligi ta’minlangan.

Xulosa qilib aytganda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni sarhisob qilarkanmiz, davlatimiz rahbarining har bir sohadagi e’tibori, yaratib berilayotgan imkoniyatlar tufayli “Urgut” erkin iqtisodiy zonasidagi o‘sish-o‘zgarishlar qamrovi endi butun viloyatni qamrab, mamlakatimiz iqtisodiyotida o‘z aksini topadi. Samarqandda tadbirkorlik, ishbilarmonlik muhiti yanada rivojlanadi.

Jaxongir Xujamkulov,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    237
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+