Yoshlar to‘qimachilik korxonasi ish jarayoni bilan tanishdi

18.08.2022, 16:54

Yoshlar to‘qimachilik korxonasi ish jarayoni bilan tanishdi

Mamlakatimizdagi to‘qimachilik sub’ektlaridan biri "WBN Romteks" mas’uliyati cheklangan jamiyatida bugungi kunda 750 nafar ishchi-xodimlar faoliyat olib bormoqda. Korxonada ikkinchi bosqichda qurilish ishlari jadallik bilan olib borilayapti. 2024 yilda korxona to‘liq ishga tushgach 3000 kishi ish bilan band bo‘ladi.

Hududdagi umumta’lim maktablari bitiruvchilari, MFYlardagi yoshlar yetakchilari, partiya Romitan tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi faollari yaqinda ushbu korxonada bo‘lib, uning ish jarayonlari bilan batafsil tanishdilar.

Yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda hozir bo‘lgan O’zLiDeP dan xalq deputatlari tuman kengashi deputatligiga saylangan korxona ish yurituvchisi Omatjon Jo‘raboyev, fabrikaning Turkiyalik boshqaruvchisi Umid Bajaksiz va partiyaning Romitan tuman kengashi apparat rahbari Nasriddin Voxidov hamda malakali mutaxassislar tomonidan yigit qizlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar terildi. Yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha korxona imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda fikr almashildi.

  • Ko'rildi
    305
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+