Yoshlar ishtirokida “Vatan uchun yashaylik!” deb nomlangan tadbir tashkil qilindi

18.08.2022, 16:56

Yoshlar ishtirokida “Vatan uchun yashaylik!” deb nomlangan tadbir tashkil qilindi

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan Sh.Rashidov tumani Bolalar musiqa va san’at maktabi majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayrami munosabati bilan “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida “Vatan uchun yashaylik!” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda partiya viloyat, tuman Kengashi xodimlari, xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, Yoshlar ishlari agentligi  tuman bo‘limi, “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolari va mahallalardagi Yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Ayni paytda, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tumandagi mavjud 38 584 ta xonadonlarda 231 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi, ularning 126 mingdan ortig‘ini yoshlar tashkil qiladi.

Tumanda mustaqillik yillarida yoshlarning bilim olishlari, sport, san’at va boshqa sohalarda o‘z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun katta imkoniyatlar yaratilgan. O’z o‘rnida tuman yigit-qizlari fan olimpiadalarida, sport musoboqalarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqdalar. So‘nggi olti yilda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, ularning bandligini ta’minlash orqali, doimiy daromad manbalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shu maqsadda tuman yoshlariga 6 mlrd. so‘mdan ko‘proq kredit mablag‘lari ajratilgan. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 1930 nafar yoshlarning bandligi ta’minlangan. Bunday misollarni yana ko‘plab davom ettirish mumkin.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mustaqillikning nafaqat shaxsiy hayotlarida, balki mamlakatimiz yoshlari hayotida tutgan o‘rni haqida to‘lqinlanib gapirdilar.

Yaqinda shaxmat bo‘yicha jahon olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh sportchilarimizning yutug‘i ham mustaqillik to‘yiga munosib to‘yona bo‘lganini, ularning intilishi barcha uchun ibrat ekanligini aytib o‘tdilar.

Tadbirda mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan o‘tayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda yoshlar faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    526
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+