Partiya tomonidan Chingiz Axmarov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

18.08.2022, 17:09

Partiya tomonidan Chingiz Axmarov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

O’zbekiston badiiy akademiyasi Surxondaryo viloyat Badiiy ijodkorlar uyushmasi galereyasida O`zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi “Chingiz Axmarov tavalludining 110 yilligi”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi. Unda viloyat madaniyat boshqarmasi, Termiz shahar hokimligi vakillari, partiyamizning “Yoshlar qanoti” a’zolari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Taraqqiyot strategiyasining 75-maqsadida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarini rivojlantirish, aholining badiiy-estetik didini yuksaltirish, atoqli O’zbekiston xalq rassomlari va amaliy san’ati ustalarining namunali hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish vazifalari belgilangan. Shundan kelib chiqib, tadbirda O’zbekiston xalq rassomi Chingiz Axmarovning hayoti va ijodi, yaratgan asarlari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Rassom Ch.Axmarov 1964 yilda O’zbekiston xalq rassomi unvonini olgan. 1968 yilda Xamza nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, 1950 yida “Qizil yulduz”, 1982 yilda “Xalqlar do‘stligi”, 2001 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan.Uning asarlari Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarida mashhur bo‘lib, Kislovodsk viloyati Sochi shahridagi “O’zbekiston” sanatoriysi, Moskva shahridagi “Xalqlar do‘stligi” metro bekati, Toshkent, Qozon shaharlaridagi opera va balet teatrlarida ishlangan mozaikalari bilan mashhur.

Bundan tashqari, Chingiz Axmarov Samarqanddagi Ulug‘bek muzeyidagi mahobatli-bezak ishlari, Beruniy nomidagi sharqshunoslik institut ayvoni uchun qo‘lyozmalar ham chizgan. Rassom tavalludining 95 yilligi bundan 15 yil muqaddam 2007 yilda hukumatimiz tomonidan nishonlangandi. Shu munosababt bilan rassom xotiralari qayd etilgan kitob ham nashr qilingan.

Tadbirda shular haqida so‘z borar ekan, bugun iste’dodlarni kashf qilish uchun tanlovlar o‘tkazilayotgani, musiqa va san’at maktablarida yaxshi sharoit yaratilgani ta’kidlandi.

O`zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    532
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+