Tibbiyot xodimlarining ma’naviyati yuksak bo‘lishi kerak

19.08.2022, 15:07

Tibbiyot xodimlarining ma’naviyati yuksak bo‘lishi kerak

O`zLiDeP Termiz shahar Kengashi hududdagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” mavzusida ma’naviyat soati o‘tkazdi. Unda O`zLiDeP Termiz shahar Kengashi apparat rahbari A.Tangirov, deputat B.Abrayevlar “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyati hamda bu yo‘nalishda partiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida poliklinika xodimlariga tushuntirish berishdi.

“2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi”ning 71-maqsadida jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashish mumkinligi, bugun ma’naviyat masalasi eng birinchi masala sifatida ko‘tarilayotgani nazarda tutilgan. Shu ma’noda bugun aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlarining ham ma’naviyati yuksak bo‘lishi lozim. Negaki, ular ham jamiyatning faol a’zolari sifatida doimiy ravishda fuqarolar bilan muloqotda bo‘ladi. Tadbirda ayni shu jihatlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Aytish kerakki, Termiz shahridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi ayni paytda 37 ta mahalladagi 17 mingdan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatadi. Bir kunda 380 kishilik qatnovga mo‘ljallangan poliklinikada 231 nafar xodim faoliyat yuritadi, shulardan 81 nafari tor doiradagi mutaxassislardir. Muhimi, poliklinika xodimlari shifo izlab, maslahat so‘rab kelgan fuqarolarning so‘rovlariga javob berib, ularning salomatligini tiklanishiga yaqindan yordam berishmoqda. 

O`zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    452
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+