Deputatlik eshituvi: Sayxunobodda aholini tabiiy gaz va suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash holati tahlil qilindi

22.08.2022, 17:23

Deputatlik eshituvi: Sayxunobodda aholini tabiiy gaz va suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash holati tahlil qilindi

O’zLiDeP Sayxunobod tuman Kengashi deputatlik guruhining yig‘ilishida aholini tabiiy gaz va suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlashning ahvoli, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan “Tumangazta’minot” korxonasi rahbari S.Mansurovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanishicha tuman bo‘yicha 5317 ta xonadon tabiiy va 10 275 ta xonadon suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan. Joriy yilning olti oyi davomida korxona tomonidan 1 ta GRP (100 %) mukammal ta’mirlangan, 86 ta GRP (88 %) texnik taftishdan o‘tkazilgan, 3 km gaz quvurlari tartibga keltirilib, yaroqsiz holga kelib qolganlari yangisiga almashtirilgan, bundan tashqari gaz quvurlari bosim va asboblar yordamida sinovdan o‘tkazilgan.

Hisobot davomida mavjud muammolar haqida ham so‘z bordi. Unga ko‘ra yer ostidan o‘tgan gaz quvurlarini almashtirish masalasi o‘z yechimini topish kerak. Tabiiy gaz bilan ta’minlangan xonadonlardan gaz ballonlarini qaytarib olish muammosi dolzarb.

Eshituv yakunida deputatlar o‘z hududlaridagi muammolarga yechim topish yuzasidan berilgan savollarga atroflicha javob oldilar hamda korxonaning muammolarini hal qilish borasida o‘z taklif hamda fikr-mulohazalarini bildirdilar.

  • Ko'rildi
    314
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+