Ayni paytda yurtimizning barcha go‘shalarida bayram shukuhi hukmron

23.08.2022, 15:00

Ayni paytda yurtimizning barcha go‘shalarida bayram shukuhi hukmron

Mustaqilligimizning 31 yillik tantanalari munosabati bilan joylarda ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Shunday tadbirlardan biri O’zLiDeP Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tuman Kengashi, tuman hokimligi, tuman tibbiyot birlashmasi hamda tuman halq ta’limi bo‘limlari hamkorligida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda mustaqillik sharofati bilan yoshlarga ayniqsa yosh oilalarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa, so‘nggi olti yilda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish, shuningdek, iqtidorli yigit-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

- Yurtimizda yoshlarga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan, - deydi O’zLiDeP Uchqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati F.Gofurova. U o‘z so‘zini davom ettirar ekan yangilanayotgan O’zbekistonimizda Prezidentimiz rahnamoligida aholi bandligi va farovonligini ta’minlash borasida ulkan islohotlar yurtdoshlarimiz qalbida nurli kelajakka bo‘lgan umid va ishonchni yanada mustahkamlayotganligini aytib o‘tdi.

Davra suhbati davomida tadbir ishtirokchilari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

Shundan so‘ng partiya a’zolari tadbir ishtirokchilarni mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik tantanalarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish borasida belgilangan tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qoldilar.

  • Ko'rildi
    418
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+