Daftardagi 91 foiz xotin-qizga amaliy ko‘mak berildi

25.08.2022, 16:56

Daftardagi 91 foiz xotin-qizga amaliy ko‘mak berildi

O’zLiDeP Termiz shahar Kengashi deputatlik guruhi tomonidan 2022 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturining 69-maqsadida belgilangan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash maqsadida qilingan ishlar bo‘yicha eshituv o‘tkazdi. Unda Termiz shahar hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Tagayeva hisobot berdi.

Hozirda Termiz shahrida mavjud aholining 27 208 nafarini 30 yoshdan yuqori xotin-qizlar tashkil etadi. Shundan 10 foizi - ya’ni 2 720 nafari “Ayollar daftari”ga 6 toifa bo‘yicha kiritildi. Shu kunga qadar “Ayollar daftari”da mavjud 2720 nafar ayollarning  2468 nafariga 2 mlrd. 257 mln. 270 ming so‘m miqdorida amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu ko‘rsatkich 91 foizni tashkil etmoqda.

Eshituvda deputatlar Termiz shahrida “Ayollar daftari” kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha ayrim taklif va mulohazalarni bildirishdi. Bu bo‘yicha xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyalariga takliflar kiritishga ham kelishib olindi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    208
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+