Yangi O’zbekiston – yangicha dunyoqarash

06.09.2022, 16:46

Yangi O’zbekiston – yangicha dunyoqarash

Samarqand shahridagi 20-sonli umumta’lim maktabida "Yangi O’zbekiston — yangicha dunyoqarash" shiori ostida targ‘ibot tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi bugun mamlakatimizda fuqarolarning hayotini faravonlashtirish, olib borilayotgan xalqchil islohotlar orqali aholini yurtimizda va dunyoda bo‘layotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan xabardor qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishdan iboratdir.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan so‘nggi yillardagi mamlakatimiz tarixida tub islohotlarga e’tibor qaratildi. Ayniqsa, yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularning axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbus hayotga samarali tatbiq etish to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Ushbu islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazishda O’zLiDeP faollari, deputatlari ham aholi kayfiyatini ko‘tarish, jamiyatda o‘qituvchi maqomi va obro‘sini yuksaltirishda partiya saylovoldi dasturlari ijrosining bajarilishida ham aniq choralar ko‘rililayotganligi yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

Fazliddin G’aybullayev,

O'zLiDeP Samarqand shahar Kengash apparat rahbari

  • Ko'rildi
    274
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+