Deputatlar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik sust ekanligini tanqid qilishdi

09.09.2022, 16:08

Deputatlar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik sust ekanligini tanqid qilishdi

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlash  borasida viloyatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Hududgaz Qashqadaryo filiali” direktorining gaz sotish bo‘yicha o‘rinbosari O’tkir Zoirov, “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ kapital qurilish bo‘yicha direktori Nurbek Ismatovlarning hisobotlari eshitildi.

Partiya deputatlari kuzgi-qishki mavsumda aholini tabiiy va suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida ishlar talabga javob bermasligini tanqid qildilar. Xususan, aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash borasidagi ishlar ko‘ngildagidek emas. Tarqatuvchilar gaz ballonlarini o‘z vaqtida keltirishmaydi. Quvurlarni mustahkamligini ta’minlash maqsadida bo‘yoqlash sifatsiz bajarilyapti, gaz taqsimlash punktlaridagi uskunalar  muttasil ta’mirlanmayotganligi bois tabiiy gaz yo‘qotish kundan- kunga ortib borayapti.

- “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Prezidentimizning joriy yil 18 martdagi “2022 — 2026 yillarda “Obod qishloq» va “Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasidagi elektrlashtirish ishlari mutlaqo talabga javob bermaydi,- deydi viloyat kengashi deputati Sirojiddin Norqobilov. – G’uzor tumanidagi Yangikent mahalla fuqarolar yig‘ini aholi uchun 23,8 km elektr tarmog‘i va 4 dona  transformatorni, Yakkabog‘ tumanidagi Ishkent qishlog‘i aholisi uchun 13 km elektr tarmog‘i va 2 dona transformator punktini yangilash ishlariga haligacha qo‘l urilgani yo‘q. Chiroqchi tumani Mustaqillik MFYdagi ishlar ham bor yo‘g‘i besh foiz amalga oshirilgan xolos. Deyarli barcha hududda shu ahvol. Hademay sovuq kunlar boshlanadi. Jamiyat rahbariyati zimmalaridagi vazifalarni bajarishga sidqidildan kirishishmasa, aholini elektr nurni bilan ta’minlashda mummolar yuzaga kelishi tabiiy. 

Yig‘ilish so‘ngida viloyat aholisini kuzgi-qishki mavsumda tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlash borasidagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi. Hisobotlarni deputatlar tomonidan bildirilgan kamchiliklarni bartaraf etilgandan so‘ng qayta eshitishga  kelishib olindi. 

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    365
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+