Qadrli vatandoshlar, aziz yoshlar!

16.09.2022, 10:56

Qadrli vatandoshlar, aziz yoshlar!

Ogohlik davr talabi!

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim fuqarolar chet elda ishlayotgan va o‘qiyotgan yurtdoshlarimizga murojaat bilan chiqib, ularni go‘yoki ushbu davlatlarda tashkil etilayotgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi markazlariga jalb qilishga intilmoqda.

Xususan, Telegram platformasidagi “Students from Uzbekistan in Malaysia” guruhida O‘zLiDePning aynan shunday markazi Malayziyada ochilishi ko‘zda tutilgani aytilib, sohaga qiziqqan yoshlarni tashkilot faoliyatiga jalb qilishga harakat ko‘zga tashlanadi.

Shu munosabat bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi ma’lum qiladiki, O‘zLiDePning Malayziya yoki boshqa xorijiy davlatlarda hech bir shaklda faoliyat yuritayotgan markazlari mavjud emas va bunday markazlarni tashkil etish ham rejalashtirilmagan.

O‘zLiDeP aholining turli qatlamlari vakillari, jumladan, yoshlar uchun mo‘ljallangan o‘nlab loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.Ular orasida chet elda ishlayotgan va o‘qiyotgan o‘zbekistonlik yoshlar manfaatlari himoyasiga qaratilganlari ham bor. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar shuningdek, O’zLiDePning xalqaro partiyaviy hamkorligi doirasida ham amalga oshirilib kelinmoqda.

Mazkur loyihalar to‘g‘risida partiyaning sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

O‘zLiDeP faoliyatiga doir barcha masalalar yuzasidan partiyaning rasmiy saytida ko‘rsatilgan telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda shubhali manbalar tomonidan O‘zLiDeP nomi bilan bog‘liq holda tarqatilayotgan yolg‘on xabarlardan ogoh bo‘lishga chaqirib qolamiz!

  • Ko'rildi
    161
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+