“Ustoz-shogird” an’anasi asosida 50 nafar xotin-qizlarni ishli qilgan tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishildi
26.09.2022, 17:32
O’zLiDeP Ulug‘nor tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan Do‘stlik massivida joylashgan “Baraka chevarlari” MChJda “Bunyodkor ayol” loyihasi doirasida “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan O’zbekiston Respublikasining taraqqiyot strategiyasida 69-maqsadda Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashga doir masalalar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.
-Korxonamizda asosan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. “Ustoz-shogird” an’anasi asosida 50 nafar xotin-qizlar ish bilan band qilingan, - deydi partiya faoli, “Baraka chevarlari” MChJ ish yurituvchisi Sayyoraxon Xoshimova. - Bundan tashqari, mahsulotlarimiz ichki bozordan tashqari Qozog‘iston va Rossiya davlatlariga eksport qilinmoqda. Yana 35 nafar ish o‘rnimiz bor. O’zLiDeP Ulug‘nor tuman Kengashi bilan birgalikda bu masalani hal etishga kelishib oldik.
Uchrashuv davomida O’zLiDeP safiga qo‘shilish maqsadi borligini bildirgan 10 nafar xotin-qiz partiya safiga qabul qilindi.
Irodaxon Tadjiboyeva,
O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring