Forishlik 4 nafar xotin-qizlarning murojaati deputat nazoratiga olindi

13.10.2022, 10:04

Forishlik 4 nafar xotin-qizlarning murojaati deputat nazoratiga olindi

Faol deputatlarimizning ish tajribalari, bilimi, muomala madaniyati, jonbozligini hisobga olgan holda, ularga hududlardagi mas’uliyatli vazifalar ham ishonib topshirilmoqda.

Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati Bozorgul To‘rayevaga Forish tuman “Oqila ayollar” harakati yetakchiligi ishonib topshirilgan. Maslakdosh deputatimiz ushbu vazifani ham mas’uliyat bilan ado etmoqda.

Aynan deputatimiz tashabbusi bilan Forish tumanidagi “Oqtom” mahallasidagi 16, 35- umumta’lim maktablarida hamkor tashkilot vakillari bilan hamkorldikda mahalla xotin-qizlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir davomida “Oqila ayollar” harakatining vazifalari haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berildi. Ochiq, samimiy muloqot chog‘ida  xonadonlarda yuksak ma’naviyatni, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirishda uy bekalarining, opa-singillarimizning o‘rni, ayollar bandligini ta’minlashda oilaviy tadbirkorlikning turli yo‘nalishlarini rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritildi.

 Tadbir davomida mahalla ayollari tomonidan turli xil muammolar yuzasidan qilingan 4 ta murojaat deputatlik nazoratiga olindi.

Zayniddin Eshqulov,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    299
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+