Mahalla aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

14.10.2022, 11:53

Mahalla aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati, O'zLiDeP faoli Shavkat Kurbanbayev tashabbusi bilan “Sobirobod” MFY aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rikda tajribali mutaxassislar hamda 52-Oilaviy poliklinikaning 10 dan ortiq xodimlari ishtirok etib, aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar. Shuningdek, ehtiyojmand fuqarolar bepul dori-darmonlar bilan ta’minladilar.

Darhaqiqat, kasallikni oldini olish oila uchun ham jamiyat uchun ham samarali va foydalidir. Shu boisdan mamlakatimizda proflaktik tibbiyot rivojiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Shunday jonkuyar deputatlarimiz joylarda aholini sog‘lig‘ini saqlash, sihat-salomat bo‘lishlari uchun o‘zlarini kamtarona hissalarini qo‘shmoqdalar.

  • Ko'rildi
    340
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+