O’zLiDeP yetakchisi "Buxoro Varnet" klasterining yangi loyihalari bilan tanishdi
15.10.2022, 10:50

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov Buxoro viloyatida tadbirkorlik sub’ektlari, ishlab chiqarish korxonalari, klasterlar faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. Muloqotlar davomida ishbilarmonlarning taklif va tashabbuslarini o‘rganyapti, faoliyatlarini kengaytirish va eksportbop mahsulotlar miqdorini oshirish borasida o‘z takliflarini bildirib o‘tmoqda.
Partiya yetakchisi bir guruh soha xodimlari bilan birgalikda Buxoro tumanidagi “Buxoro Varnet” klasteri ish faoliyati bilan tanishdilar.
Umumiy qiymati 120 million dollardan ziyod bo‘lgan loyiha doirasida bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
A.Xaitov ushbu klasterdagi yangi loyihalar bilan ham yaqindan tanishdi. Klaster so‘nggi to‘rt yil ichida o‘z faoliyati ko‘lamini qariyb 10 barobarga kengaytirdi. Bugunga kunga kelib 30 gektar maydonda zamonaviy issiqxonalar qurilgan bo‘lsa, shundan 16 gektardagi issiqxona to‘la quvvat bilan ishlamoqda.
Turkiya davlati yetakchi kompaniyasining 80,2 million yevro mablag‘i evaziga bunyod etilayotgan yaxlit kompleksda hozirgi paytda 400 nafar aholining bandligi ta’minlangan. E’tiborli jihati joriy yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkich 2 ming 500 nafarni tashkil etishi kutilmoqda.
–Iissiqxonada yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosan Rossiya va qo‘shni Qozog‘iston Respublikasiga sotilmoqda, – deydi “Buxoro Varnet” klasteri direktori Beshim Hamroyev. – Yil boshidan hozirga qadar umumiy mahsulotning eksportdagi hajmi 1 ming 600 tonnaga yetdi. Jumladan, 1 million 600 ming AQSh dollariga teng pomidor xorijga eksport qilindi. Turkiya davlatidan tashrif buyurgan mutaxassislarning tavsiyasi asosida issiqxonada har 1 gektar maydondan 300 tonnagacha mahsulot olinmoqda. To‘liq innovatsion texnologiyalar asosida gidroponik usulda yetishtirilayotgan pomidor hosili kimyoviy aralashmalar ta’siridan xoli ekanligi bilan ham ahamiyatlidir.
Bugun nafaqat sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, balki malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga ham asosiy maqsad qilingan klasterda 5 bosqichli ish amaliyoti asosida faoliyat yuritilmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi
02.06.2023, 19:11
-
Jahon hamjamiyati e’tibori yana O’zbekistonga qaratildi
29.05.2023, 12:34
-
O’zbekiston-Singapur hamkorlikni kengaytirish yo‘lida
25.05.2023, 18:51
-
O’zbekiston mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda tashabbus ko‘rsatmoqda
22.05.2023, 20:33
-
O’zbekiston - Germaniya munosabatlari yanada yuqori bosqichga ko‘tarilmoqda
05.05.2023, 10:56
Fikringizni qoldiring