Ishchi guruh: “Jizzax sement plan” MChJ faoliyati bilan tanishildi
21.10.2022, 16:04
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sardorbek G’iyosov, partiya Jizzax viloyat Kengashi xodimlari, faollardan iborat ishchi guruh a’zolari “Jizzax sement plan” MChJ faoliyati bilan tanishdilar.
2014 yilda ish boshlagan mazkur korxonada yiliga qurilish va bunyodkorlik jarayoni uchun zarur bo‘lgan million tonnadan oshiq sement ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarning ma’lum qismi qo‘shni davlatlarga eksport qilinadi. Ayni paytda zavodda 750 nafarga yaqin hamyurtlarimizning bandligi ta’minlangan.
Korxonada 2018 yilda tashkil etilgan, tajribali maslakdoshimiz Shuhrat Saparov yetakchilik qilayotgan va o‘z saflariga 200 nafardan oshiq a’zolarni birlashtirgan boshlang‘ich partiya tashkiloti ham faoliyat olib boradi.
Ishchi guruh a’zolari, zavoddagi mehnat jarayoni, atrof-muhitni muhofaza qilish va obodonchilik borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ishchi-xodimlarga yaratilib berilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Suhbat chohida korxona ma’muriyati, obodonchilik, ko‘chat ekish jarayonida partiya boshlang‘ich partiya tashkiloti faollari jonbozlik ko‘rsatishganini alohida ta’kidlab o‘tishdi.
Korxona xodimlari va BPT faollari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida ayni paytda yurtimizda va jahonda kechayotgan jarayonlar, ularning mazmun-mohiyati, partiya Saylovoldi platformasida belgilangan maqsad va vazifalarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilganlarga ma’lumot berildi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot chog‘ida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldilar.
Shuningdek, muloqotlardan so‘ng partiya safiga kirish istagida bo‘lgan 10 nafar yangi a’zolar ro‘yxati shakllantirildi.
Shohruh O’razboyev,
O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Ishchi guruh vakillari ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganmoqda
20.12.2023, 15:53
-
Qashqadaryoda oilaviy tadbirkorlar faoliyati o‘rganilmoqda
13.12.2023, 16:59
-
Davlat dasturining 67-maqsadi Hazoraspda qanday bajarilyapti?
23.11.2023, 18:03
-
Ishchi guruh vakillari IT sohasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini muhokama qildi
14.11.2023, 16:47
-
Yutuqlar bor, muammolar ham yo‘q emas
13.11.2023, 16:53
Fikringizni qoldiring