Til - millat ko‘zgusi

21.10.2022, 16:19

Til - millat ko‘zgusi

Dunyo xalqlari va millatlarining madaniy o‘zagi va asosiy muloqot manbai bu ularning milliy tili hisoblanadi. Shunday ekan har bir tilning saqlanishi hamda yosh avlodga yetkazilishi, xalq taraqqiyoti va uning kelajagini belgilaydi. Birgina til ko‘plab xalqlarni o‘zaro birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’ana va madaniyatlarini saqlaydi, uni avloddan avlodga o‘tishini ta’minlaydi.

Mamlakatimizda O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim siljishlardan biri bo‘lib, ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. 2020 yil 10 aprelda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “O’zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni bilan har yili 21 oktabr “O’zbek tili bayrami kuni” etib nishonlash belgilandi.

Shu maqsadda mahalliy Kengash deputatlari Olimxon Babahanov, G’iyosiddin Babaxanov va Qobiljon Dadabayevlar tashabbuslari bilan saylov okruglarida joylashgan 46-4-84-umumta’lim maktablarida “Til - millat ko‘zgusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilindi.

O’tkazilgan tadbirlarda bugungi kunda ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi, buyuk tarixga ega ona tilimizga mustaqil yurtimizning davlat tili maqomi berilgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlayotgani hamda davlat tilida ish yuritish va uning o‘ziga xos fazilatlarini saqlab qolish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek o‘qituvchilar va o‘quvchilar tomonidan O’zbek tilini madh etuvchi kuy-qo‘shiq va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir davomida maktab o‘quvchilariga ona tilimizni puxta o‘rgatib kelayotgan bir guruh ona tili va adabiyoti o‘qituvchilariga deputatlarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    484
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+