Deputat tashabbusi: 12 nafar ayol tadbirkorlikka yo‘naltirildi, 167 nafar xotin-qizlar bepul kasb-hunar o‘rganishdi
31.10.2022, 15:59

O’zLiDeP Olmazor tuman Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Muyassar Nigmatova tashabbusi bilan “Sebzor”, “Yangi Sebzor”, “Namuna” mahalla raislari, faollari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, xokim yordamchilari, profilaktika inspektorlari, mahalla jamoatchilik kengashi azolari, nuroniylar, maktab o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir savol-javoblar bilan ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar bergan savollariga aniq javoblar va keng ma’lumotlar olishdi.
Ta’kidlash joizki, deputat Muyassar Nigmatova faol va tashabbuskor xalq vakillaridan biri. U boshchiligida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 12 nafar ayol tadbirkorlikka yunaltirildi, shuningdek, 167 ta ehtiyojmand oilalarning qizlari, kelinlariga “Shaxnoz o‘quv markazi”da bepul kasb-hunar o‘rganishga yordam ko‘rsatilgan. Natijada shuncha ish o‘rni yaratildi.
Bugungi kunda xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini yanada oshirish borasida amaliy ishlar qilinmoqda. Hozirgi kunda davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o‘rni va mavqeini yanada mustahkamlash – islohotlarimizning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolaveradi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat sayyor qabulida 16 nafar fuqaroning murojaati hal qilindi
05.05.2023, 12:54
-
O`zLiDeP deputati ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan 100 nafarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi
05.05.2023, 11:55
-
Deputat 14 nafar nogiron yoshlarni doimiy nazoratiga oldi
05.05.2023, 11:48
-
Tomorqachilikni rivojlantirish deputatlarning doimiy nazoratida
04.05.2023, 16:25
-
Deputat ko‘magida ishsiz ayollar o‘z biznesini boshladi
04.05.2023, 16:22
Fikringizni qoldiring