Mahalla aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

18.11.2022, 18:19

Mahalla aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati, O’zLiDeP faoli Shovkat Sayfullayev va Yunusobod tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda tumanidagi “Yurtobod” MFYda yashovchi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kerakli dori-darmonlar bilan ta’minladilar. Ushbu tibbiy ko‘rikda 20 nafardan ortiq Yunusobod tumanidagi 12-Oilaviy poliklinikasi shifokorlari ishtirok etishdi. Darhaqiqat, kasallikni oldini olish oila uchun ham jamiyat uchun ham samarali va foydalidir. Shu boisdan mamlakatimizda proflaktik tibbiyot rivojiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

  • Ko'rildi
    511
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+