Deputat saylovchilar murojaatini ijobiy hal etdi

16.12.2022, 16:56

Deputat saylovchilar murojaatini ijobiy hal etdi

131- Kitob saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik deputati Qahramon Ergashevga saylovchilari murojaat etib, tumandagi 4 ta maktab binolarini ta’mirlash, qo‘shimcha bino va sport zallari qurilishida amaliy yordam berishini so‘rashgan edi.

- Deputatimizning sa’y-harakatlari bilan tumanimizdagi 4 ta maktab joriy yil dasturiga kiritilganligi tumandoshlarimizga cheksiz quvonch baxsh etdi, - deydi tuman hokimi, tuman kengashi deputati O’ktam Pardayev. – Yil boshidan boshlangan qurilish ta’mirlash ishlari yangi o‘quv yiliga qadar poyoniga yetkazildi.  Qisqa fursatda  38-maktabga 210 o‘rinli  qo‘shimcha bino, 65, 46-maktablarda sport zallari qurilib, foydalanishga topshirildi. Bugungi kunda mazkur bilim maskanlarida o‘quv tarbiya ishlari talablar darajasida tashkil etilmoqda. Bolalarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoit muhayyo etilgan. Zimmasidagi mas’uliyatni teran his etib, saylovchilar ishonchini qozonayotgan deputatimizga tuman xalqi nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    289
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+