Mahalladagi mavjud muammolar deputat nazoratiga olindi

07.01.2023, 16:29

Mahalladagi mavjud muammolar deputat nazoratiga olindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʼzLiDeP fraksiyasi a’zosi Adham Shodmonov Samarqand shahridagi Imom Vose, Muborak, Hilol, Xoja Zudmurod, So‘fi Roziq, Ko‘kmachit, Qo‘shxovuz, Abduraxmon Jomiy, Bog‘i Feruza, Fidoyilar mahallalarida saylovchilar bilan uchrashuvlar va muloqotlar o‘tkazdi.

Mahalla faollari va faxriy nuroniylar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda deputat dastlab Prezidentimizning 2022 yil 20 dekabrda Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuvda 15 dan ortiq muammolar ko‘rib chiqildi, ba’zi murojatlarni joyiga chiqib o‘rgangan Adxam Shodmonov odamlarning yashash sharoiti, ularni qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda yechim izlandi.

Jumladan, “Hilol” MFYda yashovchi Shaxlo Raximova Davlat tamonidan beriladigan uy joylar uchun subsidiya ajratishda yordam so‘ragan bo‘lsa, Qo‘shxovuz MFY yashovchi Mavjuda Muxitdinova yashab turgan uy- joyini ta’mirlab berishda amaliy yordam so‘radi. Mazkur muammolar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda  hal etiladigan bo‘ldi.

Saylovchilar bilan muloqot davomida Bog‘i Feruza mahallasi fuqarolari mazkur hududdagi  aholini ichimlik suvi va yo‘llarni asfalt qilish maqsadida murojaat etishdi. Mazkur masalalarni mahalla faollari, sektor rahbarlari bilan o‘rganib, murojaat yechimi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Azim Haqqulov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

deputati yordamchisi

  • Ko'rildi
    238
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+