O‘zLiDeP fraksiyasining 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

10.01.2023, 15:55

O‘zLiDeP fraksiyasining 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

O’zLiDeP fraksiyasi o‘tgan 2022 yil davomida partiya elektorati manfaatlarini himoya qilish, saylovoldi dasturida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni amalga oshirish, ishbilarmonlarning huquqlarini ta’minlash hamda tadbirkorlik sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

Fraksiyaning qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyatini hamda boshqa tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida
2022 yil 12 oylik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Fraksiya Qonun ijodkorligi yo‘nalishida 8 ta qonun loyihasiga xamtashabbus bo‘lib, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritildi.

Xususan:

«Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi;

«O’zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi;

«O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi;

«O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida«gi;

«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqidagi;

«O’zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqidagi;

«Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqidagi;

“O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihalari shular jumlasidan.

Ushbu qonun loyihalarini ishlab chiqishda fraksiya a’zolari tomonidan tadbirkorlar va ishbilarmonlarning huquq va manfaatlarini to‘laqonli ifoda etishga, joylardagi o‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarga yechim topishga, shuningdek, fuqarolar bildirgan taklif hamda fikr-mulohazalarga alohida e’tibor berildi.

O’tgan davrda ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy ahamiyatga ega muhim qonun loyihalarini joylarda keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish, qonunlarni takomillashtirishda fuqarolarning taklif va mulohazalarini e’tiborga olish borasidagi ishlarga ham ustuvor ahamiyat qaratildi.

Jumladan, fraksiya partiya bilan hamkorlikda 41 ta qonun loyihasining joylardagi muhokamasi tashkil etilib, ularda fuqarolar tomonidan bildirilgan 50 dan ortiq taklif qonunlarni ishlab chiqish hamda takomillashtirish jarayonida inobatga olindi.

Xususan, «Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida»gi, «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi, «Pochta aloqasi to‘g‘risida»gi, «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, «Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi, «Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida»gi, «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi, «Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi kabi o‘nlab qonun loyihalari shular jumlasidan.

Parlament nazorati yo‘nalishida fraksiya tomonidan dolzarb masalalar yuzasidan mansabdor shaxslarning axborotini Qonunchilik palatasi majlislarida eshitish bo‘yicha tashabbus bilan chiqish, shuningdek, ular faoliyati ustidan ta’sirchan parlament hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Shunga ko‘ra, o‘tgan davrda fraksiya tashabbusi asosida qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi, shuningdek, hududlardagi o‘rganishlar davomida aniqlangan tizimli kamchilik va muammolarni hal etishga qaratilgan 1 ta «parlament eshituvi» hamda 3 ta «hukumat soati» o‘tkazildi.

Xususan:

– 11 may kuni o‘tkazilgan «hukumat soati»da O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.S.Hidoyatov tomonidan “Hududlarda ichimlik suv ta’minotini yaxshilash hamda ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va uy-joy fondini yangilash, sohada korrupsiyani yo‘qotish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan deputatlarning savollariga atroflicha javob berildi.

– 24 may kuni bo‘lib o‘tgan quyi palata majlisida O’zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.Xodjayevning «O’zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida»gi axboroti eshitildi.

– 20 iyul kuni o‘tkazilgan «hukumat soati»da Adliya vaziri
R. Davletovning «Fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish darajasini yanada takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida»gi masala yuzasidan deputatlarning savollariga atroflicha javob berildi.

– 14 dekabr kuni o‘tkazilgan «hukumat soati»da Qishloq xo‘jaligi vaziri  A. Voitovning «Qish mavsumida aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va sohada qulay agrobiznes muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida»gi masala yuzasidan deputatlarning savollariga atroflicha javob berildi.

Hisobot davrida fraksiya a’zolari tomonidan saylovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlarga jiddiy e’tibor qaratilib, joylardagi nazorat-tahlil tadbirlari, saylov okruglaridagi o‘rganishlar davomida aniqlangan dolzarb masalalar yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlariga jami 177 ta deputat so‘rovi yuborildi.

Joylardagi tizimli muammolar, qonun va qonunosti hujjatlarning ijro etilish holati yuzasidan tegishli mansabdor shaxslarning hisobotlari fraksiya majlislarida doimiy tarzda eshitib borildi.

Xususan:

– 7 fevral kuni Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining «Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash bo‘yicha «Yashil iqtisodiyot»ni joriy etish yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar» yuzasidan axboroti;

– 11 fevral kuni “Geologiya-qidiruv ishlari hajmini keskin oshirish, sohaga xususiy investorlar va ilg‘or xorijiy kompaniyalarni keng jalb qilish” borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi va vazifa doirasida «O’zbekneftgaz» AJ rahbariyatining axboroti;

– 29 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunning (paxta va g‘alladan bo‘shagan 80 ming gektar yer hisobidan 0,1 dan 1,0 gektargacha ajratish bo‘yicha) ijro etilishi holatini nazorat-tahlil tadbiri doirasida o‘rganish yakunlari muhokamasi va vazifa doirasida vazirlikning axboroti;

  • 29 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasining 2022 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti;
  • 5 sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2022 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risida Moliya vaziri o‘rinbosari  Haydarov Ahadbek Yahyobekovichning axboroti;
  • 21 oktabr kuni 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022 yil 9 oyida bajarilishi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti;
  • 21 noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2022 yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risida Haydarov Ahadbek Yahyobekovichning axboroti shular jumlasidandir.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar yo‘nalishida fraksiya tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish, muhim tarmoq va sohalarda mavjud muammolarni muhokama qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan qator tadbirlar o‘tkazildi.

Xususan, fraksiya a’zolarining tashabbusi va bevosita ishtirokida jami 56 ta tadbir, shu jumladan 8 ta konferensiya, 17 ta seminar, 31 ta davra suhbati tashkil etildi.

Bulardan tashqari, 67 marotaba fraksiya yig‘ilishi o‘tkazilib, ularda 312 ta masala ko‘rib chiqildi. Shundan 23 tasi Prezidentning muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va tashqi siyosat sohalaridagi dolzarb masalalar bo‘yicha ma’ruzalari, farmonlari va qarorlaridan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarga, 206 tasi qonun ijodkorligi faoliyatiga, 48 tasi fraksiyaning nazorat-tahlil faoliyatiga doir, 24 tasi tashkiliy, qolgan 11 tasi esa, boshqa masalalarga bag‘ishlangan.

Xalq bilan muloqot yo‘nalishida joylarda aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, fuqarolarni o‘ylantirib kelayotgan tizimli muammolarni aniqlab, hal etish choralarini ko‘rish, murojaatlar bilan ishlash hamda qonun loyihalarini takomillashtirishda odamlarning  takliflarini ko‘rib chiqish va inobatga olishga alohida e’tibor qaratildi.

O’tgan davrda fraksiya a’zolari tomonidan hududlarga chiqqan holda 42 marotaba nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilib, ularda jamiyat hayoti uchun muhim bo‘lgan qonun loyihalarining ijro etilish holati, joylardagi mavjud tizimli muammolar, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar samaradorligi atroflicha o‘rganib borildi.

Mazkur o‘rganishlar davomida 2370 marotaba fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuv o‘tkazilib, ularda 40 000 nafardan ziyod aholi qamrab olindi, 3186 ta xonadonga tashrif byurildi hamda 972 ta tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro muloqot o‘tkazildi.

Shuningdek, o‘tgan vaqt davomida fraksiya a’zolari nomiga Qonunchilik palatasi kanselyariyasi orqali fuqarolardan jami 5231 ta, shu jumladan 3996 ta yozma, 1101 ta elektron, 134 ta og‘zaki shakldagi murojaat kelib tushgan bo‘lsa, ularning 4705 tasi ko‘rib chiqish uchun tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilot va idoralarga yuborilib, bugungi kunga qadar 4308 tasiga ijobiy yechim topildi hamda 397 ta murojaat bo‘yicha fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi. Murojaatlarning 129 tasi ko‘rib chiqish jarayonida.

Bundan tashqari, deputatlarning saylov okruglaridagi uchrashuvlari davomida aholi tomonidan jami 5 191 marotaba murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 2 588 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan 2 603 ta murojaatlar esa ko‘rib chiqish uchun tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilot va idoralarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborildi.

Fraksiya va siyosiy partiya hamkorligi mutlaqo yangicha ko‘rinishda yo‘lga qo‘yilib, ular tomonidan joylardagi muammo va kamchiliklarni hal etishda natijadorlikka erishish, shu jumladan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va ayollar muammolariga samarali yechim topishga qaratilgan «Bir deputat – yuz ayolga ko‘makchi», «Ishbilarmon ayol», «Sog‘lom oila – mustahkam oila», «Yoshlar bilan», «Namunali tomorqachi», «O’zLiDeP Press klubi», «Yangi avlod kadrlari» kabi o‘nlab loyihalar amalga oshirildi.

Shu kunga qadar ushbu loyihalar doirasida fraksiya a’zolari hamda partiya xodimlari joylarda tashkil qilingan kichik ishchi guruhlar bilan birgalikda respublikaning barcha hududlariga tashrif buyurib, 30 ming nafardan ziyod saylovchi, shu jumladan, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan aholi vakillari,  hamda tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkil etildi.

Fraksiyaning qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati hamda hududlarda o‘tkazilgan saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqotlari jarayonlari ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borildi.

Xususan, o‘tgan davr mobaynida fraksiya faoliyati haqida OAVda jami 29 637 marotaba, xususan, televideniyeda 1070 marta, radioda 966 marotaba, bosma OAVlari orqali 1177 marta, rasmiy internet saytlarida 4 824 marta, ijtimoiy tarmoqlarda esa 21 600 marta chiqish qilindi.

Ta’kidlash joizki, hisobot davrida fraksiya a’zolari «Facebook» ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifalari orqali saylovchilar bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan holda, Qonunchilik palatasi faoliyati haqida ularni muntazam xabardor qilib bordi.

Bu esa, xalq vakillarining qonun loyihalarini keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish, odamlarni o‘ylantirayotgan masalalarni ko‘rib chiqish ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qildi.

  • Ko'rildi
    258
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+