Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch

13.01.2023, 12:07

Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch

Jonajon Vatanimiz sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek asrab, sharafli va muqaddas burchni mardonavar ado etayotgan harbiy yigitlarimizni qancha ardoqlasak, shuncha kam. Chunki yurtimiz osmonining musaffoligi, tinchligimiz, xotirjamligimiz va yurtimiz taraqqiyoti negizida shu mard va jasur o‘g‘lonlarimizning tunlari mijja qoqmay postlarida sergak turishlari mujassamdir.

Bu yil Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganiga 31 yil to‘ldi. Bu ulug‘ sana mamlakatimizda o‘zgacha shodu xurramlik bilan tantana qilinmoqda. Maktablar, litseylar, oliy o‘quv yurtlari, harbiy qismlar va mehnat jamoalarida o‘tkazilayotgan bayromana tadbirlar har bir yosh yigit va qizlarda yurtga muhabbat hislarini uyg‘otmoqda.

Binobarin, harbiy kuch-qudratimizni mustahkamlash, qurol-aslaha, harbiy texnikalar zahirasini yaratish va Armiyamiz kuch-qudratini yuksaltirish masalalari Yurtboshimiz tomonidan olg‘a surilayotgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida o‘z aksini topgan. Davlatimiz rahbari Murojaatnomasida ham dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda ochiq va pragmatik, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosatni izchil davom ettirishga e’tibor qaratdilar. Bundan keyin ham asosiy e’tiborimizni Markaziy Osiyodagi barcha qo‘shni mamlakatlar va dunyodagi strategik sheriklarimiz bo‘lgan davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga qaratilishi ta’kidladilar.

Bu borada Milliy xavfsizlikni ta’minlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish borasidagi ishlar yangi bosqichga olib chiqiladi.

Murojaatnomadagi quyidagi so‘zlar biz uchun o‘ziga xos dasturilamal bo‘lmog‘i kerak: “Eng bebaho oliy ne’mat – tinchligimiz va osoyishtaligimizning qadriga yetaylik, oilalarimiz, farzandlarimiz, kelgusi avlodlarimizning baxtu kamoli uchun bu ulug‘ boylikni asrab-avaylaylik!

Shu maqsadda biz yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga yanada ko‘proq ahamiyat berishimiz kerak.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni Qurolli Kuchlarimiz tashkil topgan kunga 31 yil to‘lishi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Barno MIRZAMOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiya a’zosi.

  • Ko'rildi
    226
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+