Navoiylik faollarimiz tomonidan issiq ovqatlar tarqatildi
17.01.2023, 13:12
Yurtimizda kuzatilayotgan ob-havo injiqliklari xalqimizning birdamligini ko‘rsatmoqda. Harorat sovuqligiga qaramasdan javlon urib mehnat qilayotganlarga issiq ovqat hamda qiynalib qolgan oilalarga oziq-ovqat tarqatilmoqda. Shunday xayrli ishlar Navoiy viloyati Karmana tumanida ham tashkil etildi.
O’zLiDeP Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti xodimlari, Xalq deputatlari Karmana tuman kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Yu.Murodov bilan birgalikda “mehr-saxova ulashish” aksiyasi doirasida hududdagi bir qancha muassasalarga oziq-ovqat mahsulotlari hamda o‘zbek milliy taomi osh tarqatildi.
Dastlabki manzil Navoiy shahar “Tinchlik” MFY hududida joylashgan doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan hamda oilasida nogironligi mavjud bo‘lgan oila xonadonlari bo‘ldi. Bu yerda istiqomat qilayotgan 30 nafardan ortiq oilaning holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Keyingi manzil Karmana tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Tez tibbiy yordam bo‘limida xizmat qilayotgan hamshira va shifokorlar hamda qozonxona xizmatchilariga issiq ovqat va qaynoq qahva tarqatildi.
Shu kecha kunduzda tabiatning noqulay sovuq ob-havosi hukmron bo‘lib turgan bir sharoitda aholiga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish soha xodimlari gardaniga ulkan vazifa yuklangan. Partiya faollari o‘tkazilgan aksiya davomida Karmana tuman Elektr tarmoqlari korxonasida faoliyat yuritayotgan shtab navbatchiligida bo‘lgan xodimlar bilan uchrashib ular uchun tekin tushlik tashkil etildi.
So‘nggi manzil Karmana tumani “Arg‘un” MFYda istiqomat qilayotgan oila xonadoni bo‘ldi. Bu xonadonda 2 ta tug‘ma nuqsoni bor nogiron istiqomat qiladi. Ularga partiya faollari tomonidan dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Bunday insonparvar tadbirlar hududlar bo‘ylab keng yoyilib, an’anaga aylanib bormoqda.
O'zLiDeP Navoiy viloyat kengashi
Matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring