Uch bosqichli Yoshlar parlamentiga saylovning ilk bosqichi yakunlandi

07.02.2023, 16:39

Uch bosqichli Yoshlar parlamentiga saylovning ilk bosqichi yakunlandi

Buxoro viloyatining barcha tuman va shaharlarida Yoshlar parlamenti saylovining dastlabki saralash bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

Jumaladan,  Buxoro shahrida o‘tkazilgan saralash bosqichida saylovda ishtirok etish istagida bo‘lgan 97 nafar ishtirokchidan 10 nafarining hujjatlari saralab olinib, ular viloyat bosqichiga ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan berilgan savollarga nomzodlar talab darajasida javob berib, o‘z bilim, qobiliyat va intellektual salohiyatlarini namoyon etdilar.

-Buxoro shahri yoshlari, ayniqsa, O’zLiDeP ning navqiron a’zolari o‘zlarining bundan keyingi faoliyatlarida ham partiyamizning dasturiy maqsad va vazifalariga tayangan holda ish olib borishlariga ishonch bildirsa bo‘ladi, - deydi O’zLiDeP Buxoro shahar Kengashi raisi, saralash bosqichi hakamlar hay’ati raisi, mahalliy Kengash deputati Jonibek Matniyozov.

  • Ko'rildi
    268
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+