“O‘zLiDeP faoli - islohotlar targ‘ibotchisi!” klubiga 20 nafar qorako‘llik ishbilarmon xotin-qizlar a’zo bo‘lishdi
10.02.2023, 16:05

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarasini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida “O‘zLiDeP ayollari – Yangi O’zbekiston bunyodkori!” loyihasi doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, viloyatdagi har bitta mahalla huzurida “O‘zLiDeP faoli - islohotlar targ‘ibotchisi!” klublarini tashkil qilish, hududlardagi faol tadbirkor, fermer, ishbilarmon xotin-qizlarni partiya safiga jalb etishga asosiy e’tibor qaratilayapti.
Qorako‘l tumanidagi “Shakarbek” MFY huzurida tashkil etilgan “O‘zLiDeP faoli - islohotlar targ‘ibotchisi!” klubi a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida partiya viloyat Kengashi “Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish” bo‘limi mudiri Robiya Salixova so‘zga chiqib, ushbu klub faoliyatining asosiy maqsad va vazifalari, uning hudud xotin-qizlari ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi o‘rni va boshqa jihatlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.
Tadbir so‘ngida partiya a’zosi bo‘lish istagini bildirgan hududdagi 20 dan ortiq turli soha vakillariga O‘zLiDeP guvohnomalari topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanadi
25.09.2023, 16:23
-
Tanlov orqali faoliyatimni yanada kengaytirishga doir muhim hamkorlar va biznes g‘oyalar orttirdim
22.09.2023, 16:41
-
Bugun qaysi sohani olmang, o‘sha yo‘nalishdagi islohotlarda xotin-qizlar faol
22.09.2023, 16:37
-
Men o‘zbek ayolining nelarga qodirligini dunyo ko‘rishini istayman
22.09.2023, 16:33
-
O’zbekistonda ovchilik guvohnomasini olgan yagona ayol ekanligimdan faxrlanaman
22.09.2023, 16:27
Fikringizni qoldiring