Andijonda quyosh panellari o‘rnatilgan mehmonxonada amaliy seminar tashkil qilindi
20.02.2023, 12:26

Prezidentimizning Andijon viloyatiga tashrifida energiya resurslarini iqtisod qilish, muqobil energetikani rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ommalashtirish yo‘nalishida aniq vazifalar belgilab berilgan edi.
Bu borada viloyatda amaliy ishlar boshlab yuborildi. Tadbirkorlik sub’ektlari, turli tashkilot va idoralar va aholi xonadonlarida muqobil energiyadan foydalanish borasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borilyapti.
O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan “Energiya resurslarini iqtisod qilish, muqobil energetikani rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ommalashtirish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Unda O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, faxriylar, partiya faollari, tadbirkorlar, hokimlik va idoralar vakillari, BPT raislari, tijorat bank mutaxassislari va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni partiya viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova kirish so‘zi bilan ochib, amaliy seminar maqsadi va mazmun-mohiyati haqida yig‘ilganlarga aytib o‘tdi. Viloyatda energiya resurslarini tejash, muqobil energetikani rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini izlab topishda hamkorlik o‘rnatish, yangidan barpo etilayotgan yurtimizning iqtisodiy barqarorligi, aholimizning turmush sifati va farovonligini oshirish yo‘lida beqiyos ahamiyatliligi, shuningdek ushbu hayotbaxsh g‘oyani keng aholi qatlamlari orasida targ‘ib qilishning samarali mexanizmlarini birgalikda ishlab chiqish kerakligi alohida ta’kidlandi.
-Viloyatimizdagi partiya tashkilotlarimiz bilan davlat rahbarining vodiydagi tashrifi chog‘ida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda aholi orasida energiya resurslarini tejash, muqobil energetikadan samarali foydalanish borasida targ‘ibot tadbirlarini olib boryapmiz. Xususan, yirik korxonalarda ham qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, umuman, ularni elektr bilan o‘zini o‘zi ta’minlashga o‘tkazish, aholi xonadonlarida ham quyosh panellaridan foydalanish, elektr energiyasini ishlab chiqarib, o‘z ehtiyojidan ortganini davlatga sotishning samaradorligi borasida tushuntirishlar olib borilyapti, - deydi O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati X.Xalilova.
Andijon shahrining “Chinor” mehmonxonasida tashkil etilgan seminarda tijorat banklari tomonidan 2023 yil davomida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish uchun aholiga va yuridik shaxslarga ajratilishi ko‘zda tutilgan kredit mablag‘lari miqdorlari, muddatlari, foizlari, turlari va shakllari haqida axborotlar berildi.
Shu bilan birga, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilgan sub’ektlarga beriladigan soliq imtiyozlari va subsidiyalar yuzasidan ham batafsil tushuntirishlar berildi.
Amaliy seminarning ikkinchi qismida ishtirokchilar quyosh panellari bilan faoliyat yuritayotgan mazkur mehmonxona faoliyati bilan ham tanishdilar.
Tadbir yakunida deputatlar, hokimlik va idoralar vakillari, faxriylar hamda partiya faollari bilan birgalikda energiya samaradorligini ta’minlash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish yuzasidan keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini jadallashtirish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga kelishib olindi.
Muyassar Umurzaqova,
O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Ishchi guruhlarimiz vakillari davlat dasturi loyihasi uchun ko‘plab jo‘yali takliflar bildirdilar
14.02.2023, 10:58
-
Yetishtirilgan 113 millionta ko‘chat, yer sotib olayotgan ayrim odamlarning nomaqbul ishlariga chek qo‘yish bo‘yicha taklif...
16.12.2022, 15:40
-
Chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
15.12.2022, 11:52
-
Partiya ishchi guruhi davlat dasturining 286-bandi bajarilishini muhokama qildi
09.12.2022, 18:12
-
Ishchi guruh: Guliston tibbiyot klasteri faoliyati tahlil qilindi
02.12.2022, 17:30
Fikringizni qoldiring