Davlat dasturi: xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faol ishtiroki ta’minlanadi

03.03.2023, 18:43

Davlat dasturi: xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faol ishtiroki ta’minlanadi

Yurtimizda aholining hayot darajasini yanada yuksaltirish, ta’lim sifatini ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi islohotlarimizni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida qabul qilingan “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ayolni ulug‘lagan xalqimiz hayotida muhim tarixiy voqelik bo‘ldi.

Negaki, davlat dasturida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratilgani zamirida bag‘oyat katta insonparvarlik mujassam.

Unda ayniqsa, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash masalasiga katta etibor berilgan. Muammosi aniqlangan opa-singillarimizning muammolarini hal etishda sektorlar, tegishli davlat idoralari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda ijtimoiy, huquqiy, psixologik hamda moddiy yordamlar ko‘rsatish belgilangan.

Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka murosasizlik muhitini yaratish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga doir aniq chora-tadbirlar belgilab berilgan.

Partiyamiz ham xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning munosib mehnati va turmushi, qobiliyat va salohiyatini namoyish etishi uchun shart-sharoit yaratish, onalik va bolalikni, oila institutini muhofaza qilish, jamiyatda xotin-qizlarning roli va maqomini oshirishi o‘z oldidagi eng muhim vazifalar sifatida ko‘radi.

Shunga ko‘ra, yangi qabul qilingan davlat dasturida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash masalalari ustuvor vazifalardan etib belgilab berilganini partiyamiz elektorati quvonchiga sabab bo‘ldi.

Aytish joizki, “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi jonajon yurtimizning yangi barkamol, yetuk, zabardast avlodini tarbiyalab beradigan ayollarimiz hayotida tub burilish yasaydigan bo‘ldi.

Xurshidaxon Xalilova,

O'zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi

 

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    215
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+