Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati mahalla ahliga tushuntirildi
24.03.2023, 16:12

O'zLiDeP G’allaorol tuman Kengashi tomonidan Guliston MFY, Abdukarim shaharchasida yashovchi fuqarolar ishtirokida “Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam!” deb nomlangan Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari, mahalla oqsoqollari, keng jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yig‘ilganlarga referendum tushunchasi haqida batafsil ma’lumotlar berilib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritildi. Jumladan, Qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaning moddalari 128 tadan 155 taga, uning normalari esa 275 tadan 434 taga ko‘paymoqda, ya’ni Konstitutsiya qariyb 65 foizga yangilangani, amaldagi 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual o‘zgartirishlar kiritilgani ta’kidlab o‘tildi.
Deputat va mutaxassislar ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob qaytarar ekanlar, Konstitutsiyaviy qonun loyihasidan o‘rin olgan ko‘plab yangi modda va normalarga batafsil izoh va tushuntirishlar berib o‘tishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar barcha g‘allaorolliklarni referendumda faol ishtirok etishga chorlashdi.
Jamshid Mamarasulov,
O'zLiDeP G’allaorol tuman Kengashi
apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Qishloq xo‘jaligi asosiy drayver sohalardan biriga aylandi
05.06.2023, 17:29
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
-
Xalq manfaatlari qonunlarda aks etmoqda
22.05.2023, 19:10
-
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda
20.05.2023, 13:12
-
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi dastur ishlab chiqildi
16.05.2023, 17:04
Fikringizni qoldiring