Konstitutsiyamizda aholi salomatligiga oid normalar 4 barobar ko‘paytirilmoqda – O‘zLiDeP deputati

24.03.2023, 16:16

Konstitutsiyamizda aholi salomatligiga oid normalar 4 barobar ko‘paytirilmoqda – O‘zLiDeP deputati

O‘zLiDeP Namangan shahar kengashi sog‘liqni saqlash bo‘limi bilan hamkorlikda “Yangi O’zbekiston taraqqiyoti uchun birlashaylik” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Namangan shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i Shokirjon Haydarov, O‘zLiDeP Namangan shahar kengashi apparat rahbari, deputat Sohiba Gafforova, viloyat adliya bo‘limi xodimlari Muzaffar Maqsudov va Axrorbek Fayzullayev tadbir ishtirokchilarini Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan tanishtirishdi.

Ta’kidlanganidek, yangilangan Konstitutsiyada aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilmoqda. Bu aholi sog‘lig‘ini ishonchli muhofaza etish hamda onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyatga egadir.

Ma’lumot uchun: joriy yilda “Kafolatlangan xizmatlar paketi” qayta ko‘rib chiqilib, unda 20 turdagi kasalliklar bo‘yicha diagnostika, davolash va profilaktika xizmatlari hajmi to‘liq qamrab olinadi.

Ko‘p uchraydigan 20 turdagi kasalliklar bo‘yicha birlamchi bo‘g‘indagi bepul analiz turlari – 15 tadan 25 tagacha, tekshiruvlar – 10 tadan 20 tagacha, dorilar – 64 tadan 90 taga oshiriladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi qoidalar yanada takomillashtirildi. Jumladan, davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalar ob’ektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoit yaratishi, ularning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashishi, zarur axborotni to‘sqinliksiz olish imkoniyatini ta’minlashi mustahkamlandi.

Tadbirda so‘z olganlar barchani yangi O’zbekiston taraqqiyoti uchun birlashishga, buning uchun esa referendumda faol qatnashishga chaqirdi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    147
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+