Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli bo‘ladi
30.03.2023, 12:29

Mingbuloq tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyamiz targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sardor G’iyosov so‘z olib asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning huquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligini ta’kidladi.
Ta’kidlanganidek, gender tengligi prinsiplarni Konstitutsiyada belgilash davlat tomonidan ayollarga bo‘lgan alohida e’tiborni ko‘rsatish bilan bir qatorda ayolning davlat va ijtimoiy hayotidagi rolini oshirib, ularga o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishga xizmat qiladi.
Mazkur normaning kiritilishi hamda xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi to‘laqonli faol ishtiroki ta’minlanishi natijasida 2030 yilga qadar boshqaruv lavozimlarida ishlovchi xotin-qizlar ulushi kamida 30 foizni tashkil etishi ta’minlanadi. Eng avvalo, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirishga, ikkinchidan, parlament, hukumat, vazirliklar, hokimiyat ishlarida kengroq jalb etish imkoniyatini yaratadi.
O'xshash yangiliklar
-
Qishloq xo‘jaligi asosiy drayver sohalardan biriga aylandi
05.06.2023, 17:29
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
-
Xalq manfaatlari qonunlarda aks etmoqda
22.05.2023, 19:10
-
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda
20.05.2023, 13:12
-
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi dastur ishlab chiqildi
16.05.2023, 17:04
Fikringizni qoldiring