Ayolning davlat va ijtimoiy hayotidagi roli oshiriladi
31.03.2023, 15:57

O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi “Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish” bo‘limi tashabbusi bilan Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Xotin qizlar va erkaklarning huquq va imkoniyatlari tengligi Konstitutsiyada mustahkamlanmoqda” shiori ostida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasining mazmun-mohiyati tashviqotiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
“Ayollar qanoti” faollari, xotin-qizlar ishtirok etgan tadbirda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati G. Xudoyorova, viloyat kengashi raisining o‘rinbosari A. Sherov va boshqalar so‘zga chiqishib, Konstitutsiyaviy islohotlarning maqsadi inson huquqlari, majburiyatlari va erkinliklarini ta’minlash hamda kafolatlash, fuqarolik jamiyati rivoji uchun barcha sharoitlarni yaratish, samarali davlat boshqaruv tizimini huquqiy asoslarini takomillashtirishdan iborat ekanligi, davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlar yaratilishini ta’minlashi, gender tengligi prinsiplarni Konstitutsiyada belgilash davlat tomonidan ayollarga bo‘lgan alohida e’tibor ko‘rsatish bilan bir qatorda ayollarning davlat va ijtimoiy hayotidagi rolini oshirib, o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishga xizmat qiladigan normalar o‘rin olganligini alohida ta’kidlashdi.
Anjuman intihosida deputatlar va “Ayollar qanoti” faollari barcha xotin-qizlar va yoshlarni 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol qatnashishga chaqirdilar.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat ko‘magida ishsiz ayollar o‘z biznesini boshladi
04.05.2023, 16:22
-
Nurobodlik ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda
04.05.2023, 16:17
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi xotin-qizlar faollariga targ‘ib qilindi
19.04.2023, 14:59
-
Xotin-qizlar barcha sohada o‘zini namoyon etishga haqlidir
17.04.2023, 16:03
Fikringizni qoldiring