Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati

04.04.2023, 16:28

Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan partiya Yunusobod tuman Kengashi va Toshkent arxitektura – qurilish universiteti bilan o‘zaro hamkorlikda universitet anjumanlar zalida “Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati!” shiori ostida yoshlar bilan  ochiq muloqot tashkil qilindi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va tuman Kengashi deputatlari, O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakillari, O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi va partiya Yunusobod tuman Kengashlari, unversitet o‘qituvchilari, talabalari, partiya faollari ishtirok etdilar.

Bugun barcha sa’y-harakatlar inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ekan, Bosh qomusimizga kiritiladigan barcha o‘zgartishlarning negizida ham O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotibdi. Konstitutsiyaviy o‘zgarishlarning asl mohiyati ham shu aslida. Chunki xalqimiz hozirgi tarixiy islohotlarning mazmun-mohiyatini to‘la anglab yetmoqda. Xalq fikrini o‘rganish asosida mamlakat konstitutsiyasini takomillashtirish yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi sifat darajasiga ko‘tarish, xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirish, O’zbekistonning dunyodagi eng ilg‘or davlatlari qatoriga kirishiga ulkan imkoniyatlar yaratadi.

So‘zga chiqqan partiya vakillari barcha talaba yoshlarni 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda yangilanayotgan Konstitutsiya uchun ovoz berishga chaqirdi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    410
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+