Yangi O’zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor

04.04.2023, 16:32

Yangi O’zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor

O‘zLiDeP  Toshkent shahar va Mirobod tuman kengashlarining hamkorlikdagi targ‘ibot tadbiri  Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent shahridagi filialida bo‘lib o‘tdi.

“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki, o‘zimizniki!” shiori ostida o‘tgan mazkur muloqotda senator va deputatlar, partiya faollari ishtirok etdi.

O‘zLiDeP  Toshkent shahar kengashi raisi Ravshan Fozilov,  deputatlar  Abduhakim Mamanazarov, Shoira Saidjabbor, G’ulomjon Hakimov va universitet professor-o‘qituvchilari talabalarga konstitutsiyaviy islohotlar xususida nutq irod qilishdi.

Jumladan,  bugun barcha sa’y-harakatlarinson qadrini yuksaltirishga qaratilgani, Bosh qomusimizga kiritiladigan barcha o‘zgartishlarning negizida ham islohotlarimiz mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotgani ta’kidlandi.

- Konstitutsiyaviy o‘zgarishlarning asl mohiyati ham shu aslida, – dedi Ravshan Fozilov. – Hujjatda yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilishi Yangi O’zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligiga yaqqol ishoradir. Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik berilishi, tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olinishi, nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risidagi qoidalar yosh avlod hayotini yaxshilash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy mutaxassisliklarni egallagan holda hayotda o‘z o‘rnini topishi va shaxsiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.

Tadbir savol-javoblar bilan ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Talaba yoshlar  o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi.

Muloqot yakunida notiqlar yig‘ilganlarni xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo‘lmasdan, refrendumda faol ishtirok etishga chaqirib qolishdi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    274
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+